Shoxrux – Xato

Shoxrux Xato

Shoxrux – Xato Lyrics

Artist: Shoxrux
Song: Xato

Madorim yo’q shu bugunda bor-u yo’g’im mana shu
Yuragimda абсолютный бардак, вот так
Kechagina berilgan bu va’dalaring
Gapirildi просто так, unutildi darrov

Yana nima dema, har gal bitta gapingga
Ishonib yashadim-ku man ahmoq!
“Keling endi iltimos, mani kechiring, endi yaxshi yashaylik…”
Qani endi shu gaplaringda agarda bo’lganida ayni haqiqat

O’zing yanada o’ylab ko’rgin ming bora, bo’larmidi shu darajada xunuk
O’rtamizdagi bu oqibat
Kimda kasofat?
Qani o’sha sevgi-muhabbat, qani nafosat?

Bir birimizga nisbatan dillarimizda yashaydi endida faqatgina nafrat
Bo’ldi yetar ortig’ini gapirmadim
Qisqasini aytganda, jonim, sanga ming rahmat
Zaboni shirin, ammo

Go’zal visol bevafo
Dillar gado
Holatlar mahzun, beparvo
Ko’zlarda yo’qoldi ma’no

Yo’q ma’no
Yo’q ma’no
Xonam uzra, ozori jonim mani, sig’mayapman axir o’zimga, xonada man
Yanada holati pora, huzuri osmoni dilim

Yaxshi yuribsanmi ishqilib, azizim
Nadomati dardni solib qalbimga
Qani endi sani o’shanda uchratnaganimda
Hozirda hamma narsa bo’larmidi o’zgacha

Yana xudo biladi, balki bo’lardi battar
Bu dunyoning hamma yo’llarida to’la xavf-xatar
Mayli, iltimos, mani bitta narsaga ishontirgin
Manga vafodormisan, degan savolimga faqatda rost javob ber

O’zim ham bilardim
Peshonangda ter
Gapir endi, mani qaysi kamchiligim uchun qilding hamma tomonlama yer
Hamma xatolaringni kechirar edim-ku

Ammo bunisini kechirmasman zinhor
Zaboni shirin, ammo
Go’zal visol bevafo
Dillar gado

Holatlar mahzun beparvo
Ko’zlarda yo’qoldi ma’no
Yo’q ma’no
Yo’q ma’no

Dir-bidir-bidir, hali ham hozir
Nima?! Kamchiliging bormi?
Xiyonat qilishdan oldin, xudo bergan kallani ishlatish kerakmasmidi!?
Asabimga tegma

Hozir san bilan gaplashgani, bilsang, umuman holim yo’q
Yuragimda o’q
Man endi telbaman!
Butun borlig’imni, yana hamma narsalarimni, nomimni unutganman

Sani esa qalbimdan o’chirib tashlaganman
Ket yo’qol endi, ko’zimga korinma!
Bilaman san zo’rsan, e man kimman?!
Bilmadim qadrimni

Telefoningdagi xatlaringni o’qiganimda ado bo’ldim, voy dod!
Bilasanmi shuni?
Ularni kimga yozding?
Maqsadingga yetishdingmi?

Oxir-oqibatda bir narsani tushunish ham qiyin bo’ldi
Qolmadi ma’no
Nima bu?!
Qasdmi yo xato?!

Qasdmi yo xato?
Zaboni shirin, ammo
Go’zal visol bevafo
Dillar gado

Holatlar mahzun beparvo
Ko’zlarda yo’qoldi ma’no
Yo’q ma’no
Yo’q ma’no
Find more lyrics at https://dcslyrics.com

You can purchase their music thru
DCSLyrics.com Amazon Music    DCSLyrics.com Apple Music
Disclosure: As an Amazon Associate and an Apple Partner, we earn from qualifying purchases

Shoxrux Lyrics – Xato

Please support our site by sharing it.
And please follow our site to get the latest lyrics for all your favourite songs.